Jamiyat
28-fevral kuni Buxoro davlat tibbiyot institutining Hindistonlik talabasi vafot etdi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, kecha talabaning sogʻligʻi yomonlashgan. U bu vaqtda talabalar turar joyidagi oʻz xonasida boʻlgan. Zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirtirilgan va talaba Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan.
Koʻrsatilgan zarur tibbiy yordam va muolajalarga qaramasdan, Hindiston Respublikasi fuqarosi Navas Nasmel vafot etgan.
RSTEIAM Buxoro filiali tomonidan taqdim etilgan dastlabki tashxisga koʻra, uning vafot etishiga ikki tomonlama oʻpkalarning total pnevmoniyasi natijasida yuzaga kelgan oʻtkir nafas yetishmovchiligi sabab boʻlgan.
“Oʻz vaqtida maʼmuriyat tomonidan Hindistonning mamlakatimizdagi elchixonasi hamda talabaning yaqinlari xabardor qilindi”, – deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, 2003-yilda tugʻilgan Hindiston Respublikasi fuqarosi institutning ikkinchi kurs talabasi boʻlgan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q