UzAuto Motors oʻz tarixida birinchi marta mashinalarni arzonlashtiradi

Saqlash
10:02 / 29.02.2024 798 0

“Bahor fasli kirib kelishi bilan Chevrolet sizni avtomobillarga foydali taklif bilan yangilanish va yangi imkoniyatlarning yorqin sayohatiga taklif qiladi”, – deyiladi xabarda.

 

Maʼlum boʻlishicha, 1-mart kunidan boshlab Chevrolet Tahoye, Traverse, Equinox, Captiva va Onix avtomobil modellari uchun chegirmalar taqdim etishni rejalashtirmoqda.

 

“Chevrolet avtomobillari ishonchlilik, barqarorlik va xavfsizlik ramzidir”, – deb yoziladi xabarda.

 

Shuningdek, unda Chevrolet brendi haqida ruhlantiruvchi matn ham bor.

 

Quyidagi mashinalarga belgilangan tarzda chegirmalar eʼlon qilingan:

 

▫️ Onix – 15 million soʻm chegirma;

▫️ Captiva – 15 million soʻm chegirma;

▫️ Equinox – 25 million soʻm chegirma;

▫️ Traverse – 48 million soʻm chegirma;

▫️ Tahoye – 70 million soʻm chegirma.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish