Jamiyat
“Zamin” fondining xabariga ko‘ra, Toshkent shahri va 7 viloyatga 8 ta avtomatik stansiya olib kelingan. Ular Toshkent shahri hamda Andijon, Namangan, Navoiy, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga o‘rnatiladi.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi va “Zamin” fondining qo‘shma loyihasi asosida havo sifatini monitoring qiluvchi 8 ta stansiya olib kelindi. Ular Toshkent shahri hamda Andijon, Namangan, Navoiy, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlariga o‘rnatiladi.
Bu “Zamin” fondi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining “Atmosfera havosining ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilgan.
Qayd etilishicha, uskunalar sozlanib, test sinovlari yakunlangach, yagona ma’lumotlar bazasiga ulanadi. Shuningdek, Gidrometeorologiya xizmati agentligining hududlardagi xodimlari o‘qitiladi.
Stansiyalardan olingan ma’lumotlar monitoring.meteo.uz milliy platformasiga uzatib boriladi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95093
Jamiyat
91312
Jamiyat
76010
Jamiyat
//
Izoh yo‘q