Vengriyada koʻp farzandli ayollar umrbod soliqdan ozod qilinadi

Saqlash
14:34 / 29.02.2024 831 0

Hukumat toʻrt yoki undan ortiq farzandi boʻlgan ayollarni umrbod daromad soligʻidan ozod qildi. Bu 2015-yilda boshlangan iqtisodiy ragʻbatlantirish paketining bir qismi hisoblanadi. Koʻzlangan maqsad esa ayollarni koʻproq farzand koʻrishga undashdir.

 

Shuningdek, “imtiyoz”larga uy-joy yordami, foizsiz kreditlar va ipoteka chegirmalari ham kiradi.

 

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban tugʻilish darajasini mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan masala deb eʼlon qildi. Maʼlumot uchun, Vengriya ham boshqa koʻplab rivojlangan mamlakatlar singari aholi soni kamayib borayotgan davlat hisoblanadi. Mamlakatda tugʻilish darajasi har bir ayolga atigi 1,45 bolani tashkil etadi. Bu anchagina kam hisoblanadi. Sababi, tadqiqotchilar aholi sonini saqlab qolish uchun har bir ayolga 2,1 boladan toʻgʻri kelishi kerak deb baholaydi.

 

Hozirda aholi kamayib ketmasligi uchun koʻrilayotgan choralardan biri – immigratsiya, ammo bosh vazir bu “yechim”ni rad etadi. Chunki u immigratsiyani millatning yoʻq boʻlishida asosiy tahdid deb hisoblaydi.

 

“Immigratsiya taslim boʻlish demakdir”, – degan u.

 

Bosh vazir “Vengriya bolalarini” xohlashini aytar ekan buning uchun yagona yechim  “immigratsiya emas, balki tugʻilishdir”.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//