Jamiyat
28-fevral kuni Senatda boʻlib oʻtgan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi majlisida IIVning 2023-yilda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi borasida olib borgan hamkorlikdagi ishlari yuzasidan axboroti eshitildi.
Axborotga koʻra, 2023-yilda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 82,7 foizi fosh etilgan, qidiruvdagi 7 563 nafar shaxs ushlangan, bedarak yoʻqolgan 450 nafar shaxs topilgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanib sodir etilgan 6 455 ta jinoyat aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, oʻtgan yili 9 442 ta mahalladan 2 972 tasida yoki 31,5 foizida jinoyat sodir etilmagan. Jinoyatlar koʻpaygan 2 298 ta yoki 24,3 foiz mahalla “qizil” toifaga kiritilgan.
Ijtimoiy koʻmakka muhtoj 6 634 nafar xotin-qiz ishga joylashtirilgan, qariyb 11 ming nafariga tibbiy, moddiy va ijtimoiy yordamlar koʻrsatilgan.
Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan 40 ming nafardan ortiq xotin-qizga himoya orderi berilgan. Oilalar mustahkamligini saqlash maqsadida oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida 17 327 ta oila yarashgan, oilaviy muammolar va zoʻravonlikka duch kelgan 1 450 nafar xotin-qiz Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga joylashtirilgan.
Xabarda yozilishicha, jami jinoyatlar soni mamlakat boʻyicha har 100 ming aholiga 289 tadan toʻgʻri kelgan. Ushbu salbiy koʻrsatkich Toshkent shahrida 735 tani, Toshkent viloyatida 415 tani, Sirdaryoda 378 tani, Fargʻonada 328 tani tashkil etgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q