Jamiyat
“Yuksalish” harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda hamda ommaviy axborot vositalari vakillari koʻmagida Oʻzbekistonning jamoatchilik fikri yetakchilari Top-40 reytingini tuzdi. Bu haqida “Yuksalish” harakati matbuot xizmati xabar berdi.
Unda yozilishicha, reytingga mamlakat axborot makonida fikrlar xilma-xilligini taʼminlashga, milliy kontent yaratishga hissasini qoʻshib kelayotgan jurnalistlar, blogerlar, huquqshunoslar, iqtisodchilar-u siyosatchilar va boshqa jamoatchilik faollari kiritilgan.
Shuningdek, roʻyxatga kiritilganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi ham inobatga olingan.
Jumladan, jamoatchilik vakillarining obunachilari haqida ham eslatib oʻtilgan.
“Reytingga kiritilganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari obunachilari soni 20 mln. dan ziyod (unikal foydalanuvchilar 7-7,5 mln), eʼlon qilgan materiallarining oylik qamrovi 45 milliondan oshadi”, – deyiladi xabarda.
Reytingni shakllantirish 2 bosqichda olib borilgan. Birinchi bosqichda onlayn soʻrov oʻtkazilgan.
Soʻrovnoma ishtirokchilari quyidagi jihatlardan kelib chiqib, jamoatchilik fikrini shakllantirayotgan beshtadan nomzod taklif qilgan:
- Jamoatchilik orasida, OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda faolligi va taniqliligi;
- Dolzarb mavzularni omma eʼtiboriga koʻtarib chiqishi, muhokama qilishi va yechim taklif qilishi;
- Jamiyat rivojiga hissa qoʻshishi, ijobiy oʻzgarishlar tashabbuskori boʻlishi;
- Jamoatchilik tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanishi, ularning ishonchini qozonganligi.
Ikkinchi bosqichda taklif qilingan nomzodlar ekspertlar tomonidan tahlil qilingan. Jumladan, ularning fikrlaridan iqtibos olinganlik indeksi, materiallarining qamrovi va izohlar soni, milliy va xorijiy OAVlarda tilga olinishi baholangan. Nomzodlarning mutaxassisligi, yoʻnalishi boʻyicha bilim darajasiga, tajribasiga ham tayanilgan.
Maʼlumot uchun, Abror Muxtor Aliy, Mubashshir Ahmad reytingdan joy olmagan. Bunga matbuot xizmati quyidagicha izoh bergan:
“Taklif etilgan nomzodlar bilan bir qatorda katta auditoriyaga ega boʻlgan diniy mavzularni yorituvchi blogerlar, jumladan Abror Muxtor Aliy, Mubashshir Ahmad va boshqalarning nomzodlari ham ekspertlar tomonidan ilgari surildi. Tadqiqot jamoatchilik orasida ijtimoiy, siyosiy hamda iqtisodiy masalalarni koʻtarayotgan va ilgari surayotgan fikr liderlari orasida oʻtkazilganligi sababli, diniy yoʻnalishdagi faollar reytingga kiritilmadi”.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q