Sport
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi maʼlumotiga koʻra, joriy yilgi futbol mavsumi uchun klublarimiz 22 ta mamlakatdan 66 nafar xorijlik futbolchini roʻyxatdan oʻtkazgan.
Legioner futbolchilarning koʻpchiligi serbiyalik.
Maʼlumot uchun, bu mamlakatning 13 nafar futbolchisi bu yil milliy chempionatimizda toʻp suradi.
Shuningdek, Gruziya(9), Chernogoriya (7), Tojikiston (5), Rossiya(4) davlatlaridan kelgan futbolchilar ham koʻpchilikni tashkil qiladi. Belarus va Xorvatiyadan esa 3 tadan futbolchi transfer qilingan.
Shu bilan birga, Shimoliy Makedoniya, Ukraina, Qirgʻiziston, Bosniya va Eronning 2 nafardan futbolchilari ham klublarimiz tomonidan sotib olingan.
Gana, Braziliya, Ispaniya, Nigeriya, Latviya, Liberiya, Suriya, Yaponiya, Ruminiya, Moldova mamlakatlari hissasiga 1 nafardan xorijlik futbolchi toʻgʻri keladi.
Taʼkidlash lozim, legionerlarning 7 nafari darvozabon, 14 nafari himoyachi, 16 nafari yarim himoyachi, 10 nafari qanot yarim himoyachisi, 19 nafari hujumchi hisoblanadi.
Bu yil Superligada oʻynaydigan legioner futbolchilarning umumiy transfer summasi 18 million 550 ming yevroni tashkil etadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109916
Jamiyat
94274
Jamiyat
90119
Jamiyat
73352
Jamiyat
//
Izoh yo‘q