Sport
“Praguye Chess Festival 2024” turnirida Abdusattorov 5 pogʻona yuqorilab, 2753.5 reyting bilan 10-oʻrinni egalladi.
19 yoshli sportchimiz erishgan bunday natijani hali birorta oʻzbekistonlik shaxmatchi qayt etmagan.
U soʻngi turda yuqori ball olganlar uchligiga ham kirgan. Nodirbek bu koʻrsatgich bilan 5 karra jahon chempioni Vishvanatan Anandni ortda qoldirgan.
Maʼlumot uchun, 33 yoshli norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen 2830.0 reyting bilan peshqadamlikni saqlab turibdi. Undan keyingi oʻrinni 31 yoshli AQSHlik sportchi Fabiano Karuana egallagan. Kuchli uchlikni yana bir AQSHlik shaxmat ustasi, 36 yoshli Hikaru Nakamura yakunlagan.
Taʼkidlash lozim, Abdusattorov top-10 talikda eng yoshi kichik shaxmatchi hisoblanadi.
Musobaqada yosh shaxmatchilardan biri boʻlgan Javohir Sindarov (18 yosh) ham qatnashmoqda. U jadvalning 35 pogʻonasidan joy olgan(2701.0 reyting).
Eslatma! “Praguye Chess Festival 2024” turnirida jahonning eng kuchli 100 nafar shaxmatchilari kuch sinashmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q