Jamiyat
O‘zbekiston dorixonlarida ayni paytda sotuvda bo‘lgan, «VIPS-MED» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan «Bar-VIPS» preparatiing sertifikatlashtirilmagan 520723 seriyasi aniqlangan.
SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi aholini og‘iz orqali yuborish uchun mo‘ljallangan suspenziya tayyorlash kukuni shaklidagi «Bar-VIPS» preparatining 520723 seriyasi sertifikatlashtirilmaganidan ogohlantirmoqda. Ayni paytda markaz laboratoriyasida mazkur dori vositasining sifati tekshirilyapti.
Ta’kidlanishicha, «Bar-VIPS» preparatining 520723 seriyasi dorixonalar (jami 15 799 ta) peshtaxtalaridan butkul olib tashlanmagan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Markaz sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislaridan mazkur dori vositasini tibbiy maqsadlarda qo‘llashda o‘ramda ko‘rsatilgan seriyalarga e’tibor berishlarini hamda «Bar-VIPS» preparatining quyidagi – 500820, 530820, 510820, 520820, 540820, 370622, 380622, 480722 seriyalari tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun tasdiqlanganligini ma’lum qilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q