Jamiyat
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepa yodgorligi Yunon-Baqtriya davlati zamonida kichik manzilgoh sifatida vujudga kelib, Kushon imperiyasi davrida yirik shaharga aylangan.
Mazkur yodgorlikdan bir qancha o‘ta noyob topilmalar topilgan. Ushbu yodgorlikdan topilgan artefaktlar Fransiyaning mashhur Luvr muzeyida hamda Germaniya poytaxti Berlin shahrida tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish qilingan. Yodgorlik Ark-a’lo hamda Shahriston qismlaridan iborat. Hozirda Dalvarzintepa yodgorligi republika Madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilib, davlat muhofazasiga olingan.
“Yodgorlikning Ark-a’lo qismida mahalliy aholining qabristoni joylashgan. Davlat muhofazasiga olinganidan so‘ng, mazkur hududdagi qabristonga mayit dafn etish taqiqlangan edi.
Biroq, Google earth’dan olingan tasvirlarga ko‘ra, Dalvarzintepa Ark-a’losining butun qismini qabristonga aylantirish ishlari ancha jadallashib qolgan. Buni 2018-2023 yillarda olingan tasvirlardan bilish mushkul emas”, deb yozadi Kushonlar davri ilmiy tadqiqotchisi Jahonov Temurxon.
“Agar shu ketishda davom etaversa, yodgorlikning bir qismi butunlay qabristonga aylanib, u yerda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish butunlay imkonsiz bo‘lib qoladi va xalqimiz yana bir arxeologik yodgorligidan mahrum bo‘ladi.
Axir bu hududda xalqimizning ikki ming yillik tarixi yashiringan bo‘lib, mazkur yodgorlik bosqichma-bosqich tadqiq etilib borilsa, O‘zbekiston tarixi va arxeologiyasini ko‘plab yangi topilmalar bilan boyitadi.
Zudlik bilan mazkur hududda qonuniy tartibda muhofaza choralarini ko‘rish lozim. Aks holda yodgorlikning Ark-a’losi butkul qabristonga aylantirib yuboriladi.
Qonunga binoan, bu hudud davlat himoyasiga olingan va bu yerda aholini dafn etish qonunga xilof” deya fikrini yakunlagan Temurxon.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q