Jamiyat
Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi mazkur dori vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi va tibbiyot amaliyotida qoʻllash uchun ruxsat berilmaganini maʼlum qilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Farengoforte” savdo nomidagi “sprey” ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq turli videolar tarqalishi ortidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi keng jamoatchilikni hushyorlikka chaqirdi.
“Markaz Oʻzbekiston Respublikasi hududida dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi (idoraviy mansubligidan, mulkchilik va boshqaruv shaklidan qatʼiy nazar) barcha tashkilotlar va yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqirib, “Farengoforte” mahsulotini realizatsiya qilmasligini soʻraydi”, deyiladi xabarda.
SSV, shuningdek, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarini, roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining esa gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanishdan saqlanishga chaqirmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q