Yoshlar ishlari agentligi “Tilimiz uchun” loyihasini eʼlon qiladi

Saqlash
19:36 / 27.02.2024 1205 3

Agentlik “Tilimiz uchun” loyihasini eʼlon qildi. Hozirda Agentlik jamoasi oʻzbek tili rivoji uchun oʻz hissasini qoʻshmoqchi boʻlgan koʻngilli yoshlar harakatini yoʻlga qoʻygan. Bu orqali oʻzbek tilining qadrini oshirish, uni yanada faollashtirish maqsad qilingan.

 

 

Maʼlumot uchun, hozirda tashkilot tomonidan bir qator loyihalar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Bular:

– Jahonning tan olingan eng sara kitoblarini oʻzbek tiliga tarjima qilishga qaratilgan 1000KITOB loyihasi;

– Oʻzbekcha Vikipediyada sifatli va foydali kontentlarni koʻpaytirishni maqsad qilgan “WikiStipendiya” marafoni;

– Isteʼdodli shoirlarni kashf etishga yoʻnaltirilgan “Duel” tanlovi va boshqa hali eʼlon qilinmagan bir necha mega loyihalar.

 

Ushbu jarayonga oʻz hissasini qoʻshmoqchi boʻlgan jonkuyar, bilimli va fidoiy yoshlar quyidagi manzil orqali soʻrovnoma toʻldiradi va koʻngilli yoshlar harakatiga qoʻshiladi.

https://forms.gle/EwM5P1GFFpAS1fUa7 

3 Izohlar

Asal

15:02 / 29.02.2024

O'zbek tilining nufuzini yanada oshirish uchun shahrimiz ko'chalaridagi har xil chet el yozuvidagi markalarning, emblemalarning o'rniga o'zbek tilidagi so'zlardan muqobiliga almashtirishimiz kerak. Axir shahrimizga kelgan turistlar shunga qarab bizning madaniyatimizni anglashadi. O'zimiz ona tilimizni qadrlamasak kim qadrlaydi. Shuningdek ularda o'zbek tilini o'rganishga qiziqish ham qolmaydi.

Javohir

09:02 / 29.02.2024

Assalomu alaykum! Loyihada ishtirok etmoqchi edim, lekin berilgan havola orqali soʻrovnomaga oʻtib boʻlmayapti.

Mamadaliyeva Nargizabonu Umurzaqaliyevna

01:02 / 28.02.2024

Men bunday loyiga qatnashishni xohlayman, bu borada o‘zbek tilida ijodiy ishlar jamlangan antologiyalarni xalqaro nashrlarda chop ettirishni, va Respublikamizda o‘zbek tilining nufuzini oshrish maqsadida turli tanlovlar uyushtirishni maqsad qildim

Izoh qoldirish

//