Jamiyat
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, baxtsiz hodisa 25-fevral kuni, soat taxminan 10:30 larda Boysun tumanining “Duoba” mahallasida sodir boʻlgan.
Maʼlumotga koʻra, mahallada yashovchi J.X. (1980-yilda tugʻilgan, erkak) va uning uch nafar voyaga yetmagan farzandi — bir oʻgʻil (2013-yilda tugʻilgan) va ikki qizi (2016 va 2018-yillarda tugʻilgan) yashash uyida uxlab yotgan vaqtida temirdan yasalgan qoʻlbola pechdan chiqqan is gazi tufayli dimiqib, voqea joyida vafot etgan.
Erkakning turmush oʻrtogʻi Z.N. (1986-yilda tugʻilgan) va 2008-yilda tugʻilgan yana bir qizi esa tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan. Ammo koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 4-farzandi ham 27-fevral kuni, soat 10:45 larda tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Boysun tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112174
Jamiyat
94858
Jamiyat
90930
Jamiyat
75714
Jamiyat
//
Izoh yo‘q