Maʼnaviyatga masʼul 10 ming nafar xodim oʻqitiladi

Saqlash
16:15 / 27.02.2024 954 0

Joriy yilning 26-fevral kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar institutida onlayn va oflayn tizim asosida “Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” shiori ostida 32 soatlik malaka oshirish oʻquv kursi tashkil etildi.

 

 

Maʼlumot uchun, Prezidentning 2023-yil 22-dekabrdagi “Respublikada Maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijod sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar toʻgʻrisida”gi 50-sonli bayoni ijrosi yuzasidan barcha vazirlik idoralar tizimidagi maʼnaviyatga masʼul boʻlgan 10 ming nafar xodimlarni maʼrifiy targʻibot boʻyicha oʻqitish belgilangan.

 

 

Ushbu bayon ijrosi yuzasidan Institut tomonidan malaka oshirishni tashkil etish boʻyicha oʻquv reja va dastur ishlab chiqilib, barcha vazirlik idoralarga yuborildi.

 

 

Hozirda Mudofaa vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizim tashkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy soha boʻyicha faoliyat yuritayotgan masʼul xodimlari uchun oʻquv kurslari tashkil etilmoqda.

 

 

Malaka oshirish oʻquv kurslari yetuk malakali mutaxassislar tomonidan mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangi bosqichdagi islohotlar va ularning mazmun mohiyati, “Oʻzbekiston—2030” strategiyasi, 2024-yil Oʻzbekistonda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” mazmun-mohiyati, tashkilotda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish, ijtimoiy axloq va yangilanayotgan jamiyat, rahbar maʼnaviyati va kasb etikasi, maʼnaviy targʻibot taʼsirchanligini oshirish yoʻllari, milliy gʻoyaning Oʻzbekiston taraqqiyotdagi oʻrni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning holati, jamiyat barqarorligiga salbiy taʼsir etuvchi tahdidlar va ularni bartaraf etish omillari, maʼnaviyat sektorini tashkil etish bilan bogʻliq masalalar kabi mavzularda oʻquv mashgʻulotlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//