Jahon
Hukumat 1-martdan boshlab olti oy davomida benzin eksportini taqiqlamoqchi. Bu haqida RBK xabar tarqatdi.
Unda aytilishicha, Bosh vazir Mixail Mishustin talabning mavsumiy oʻsishi fonida benzin eksportini taqiqlashni maʼqullagan. Taqiq 2024-yil 1-martdan boshlab olti oy muddatga joriy etilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, birjada dizel yoqilgʻisini sotish standartini 16 foizga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Maʼlumotlariga koʻra, eksport taqiqi YeOII mamlakatlari, Moʻgʻuliston, Oʻzbekiston, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga yetkazib berish hajmiga taʼsir qilmaydi.
Nashrning qayd etishicha, bosh vazir oʻrinbosari Aleksandr Novak bosh vazirga eksportga vaqtinchalik taqiq joriy etish taklifi bilan murojaat qilgan. U 21-fevral kuni maktub yoʻllagan va unda bunday choralarning joriy etilishini bozorda kutilayotgan yoqilgʻiga talabning ortishi bilan izohlagan. Xatda aytilishicha, talabning oʻsish ehtimoli bahorgi dala ishlari, neftni qayta ishlash zavodlarida rejali taʼmirlash ishlari olib borilayotgani, shuningdek, yozgi taʼtil kunlari bilan bogʻliq.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q