Jamiyat
O‘zbekistonda hozirgi vaqtda iste’molchilarning suvdan debitor qarzdorligi 954 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” axborot xizmati ma'lum qildi.
Qarzdorlikning 767 milliard so‘mi jismoniy iste’molchilarga, 186 milliard so‘mi yuridik iste’molchilarning hissasiga to‘g‘ri kelyapti.
Xabariga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyi holatida debitor qarzdorlikni qisqartirish bo‘yicha sudlarga jami 13,6 milliard so‘mlik da’vo arizalari kiritilgan. Respublika bo‘yicha sudlarga eng ko‘p da’vo arizalari Toshkent shahri va Samarqand viloyati suv ta’minoti korxonalari tomonidan chiqarilgan.
“O‘zsuvta’minot” va hududiy suv ta’minoti korxonalari tomonidan joriy yil boshidan buyon o‘tkazilayotgan maxsus tadbirlar davomida 696 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, jami yetkazilgan zarar 5,5 milliard so‘mni tashkil etadi.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111841
Jamiyat
94677
Jamiyat
90670
Jamiyat
75339
Jamiyat
//
Izoh yo‘q