“Dok-1 maks ishi”: vafot etgan va oʻta ogʻir ahvoldagi har bir bola uchun 1 mlrd soʻmdan maʼnaviy zarar undiriladi

Saqlash
21:48 / 26.02.2024 1162 0

Xabaringiz bor, “Dok-1 maks ishi” boʻyicha sud hukmi eʼlon qilingan edi.

 

Hukmga asosan, sudlanuvchilar Singx Ravendra Pratap, N. Mirzaaxmedova, S. Kariyev, A. Azimov, N. Musayev, Sh. Shodmanov va J. Erkiniydan solidar tartibda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan zaharlanib, vafot etgan 68 nafar marhum va 4 nafar sogʻligʻi oʻta ogʻir ahvoldagi bolaning qonuniy vakillarining har biriga 1 mlrd soʻmdan, sogʻligʻining ahvoli qoniqarli boʻlgan 4 nafar bolaning qonuniy vakillarining har biriga 500 mln soʻmdan hamda sogʻligʻi yaxshilangan 8 nafar bolaning qonuniy vakillarining har biriga 200 mln soʻmdan maʼnaviy zarar undirilishi belgilandi.

 

Sudlanuvchi Sh. Shodmanovdan olgan pora miqdori qiymati – 881 mln 814 ming soʻmni, sudlanuvchilar A. Azimov va N. Musayevdan solidar tartibda – 93 mln 810 ming soʻmni davlat foydasiga undirish belgilandi.

 

Singx Ravendra Pratap, B. Kambaraliyev va E. Mirzaaxmedovdan solidar tartibda 5 mlrd 420 mln 177 ming 400 soʻm soliq qarzdorligi davlat foydasiga undiriladigan boʻldi.

 

“Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi taraflar hukm eʼlon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi va jabrlanuvchilar hukm nusxasini olgan kundan boshlab oʻn sutka ichida apellyatsiya tartibida yoki hukm qonuniy kuchga kirgandan soʻng kassatsiya tartibida Toshkent shahar sudiga shikoyat berishi, prokuror protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//