Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdogʻanni tabrikladi

Saqlash
19:53 / 26.02.2024 1203 0

“26-fevral kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanni qutlugʻ 70 yoshga toʻlgani bilan dildan qutladi”, deyiladi xabarda.

 

Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisiga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat, birodar turk xalqi va davlatining ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilagan.

 

Zamonaviy Turkiyaning barpo etilishida, global maydondagi nufuzi yuksalishida, Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlaridagi bugungi yuqori darajaga erishilishida Prezident Rejep Erdogʻanning oʻrni va hissasi alohida qayd etilgan.

 

Barcha darajalarda faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik surʼati oshib borayotgani katta mamnuniyat bilan taʼkidlangan.

 

Davlat rahbarlari oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishi kun tartibini puxta tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratgan.

 

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston-Turkiya Hukumatlararo komissiyasi doirasida olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish muhimligi qayd etilgan.

 

Mintaqaviy, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

18:20 / 29.07.2025 0 141
Yer tomonga begona obyekt uchib kelmoqda

Jamiyat

17:07 / 29.07.2025 0 61
4 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Jamiyat

14:44 / 29.07.2025 0 411
Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga saylandi

Jamiyat

14:21 / 29.07.2025 0 173
1-avgustdan pedagoglar oyligi qancha bo‘ladi?

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109269
72601

//