Jamiyat
24-fevral kuni Toshkent shahriga “Metrovagonmash” zavodi (Rossiya)da ishlab chiqarilgan to‘rt vagonli yangi 3 ta zamonaviy metro harakat tarkiblari olib kelindi, deya xabar bermoqda metropoliten matbuot xizmati.
Ushbu poyezdlar belgilan yo‘riqnomaga asosan 8−10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkaziladi. So‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida yangi harakat tarkiblari asosan, “Yunusobod” va “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishlarida harakatga chiqariladi.
Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, may oyi so‘ngiga qadar bosqichma-bosqich ravishda yana 8 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan. Bu rejaviy ishlar natijasida metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q