Shahrisabzdagi maktablardan birida direktor oʻrinbosari va oʻquvchi mushtlashdi

Saqlash
15:50 / 26.02.2024 915 0

Maʼlum boʻlishicha, voqea Shahrisabz shahar 1-sonli oʻrta umum taʼlim maktabida boʻlib oʻtgan. Unda maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Sh.Kenjayev dars vaqtida oʻquvchilar darsga kirmasdan qor oʻynaganlarini koʻrgan. Oʻqituvchi oʻquvchilarni maktab hovlisidan darsga kirishlarini soʻragan va sinfxonaga kirgizmoqchi boʻlgan.

 

Mazkur holatdan norozi boʻlgan 10-“F” sinf oʻquvchisi J. Boqiyev Sh.Kenjayevga qarshilik koʻrsatgan. Shundan soʻng direktor oʻrinbosari oʻquvchini xonasiga olib kirib gaplashgan va uni urgan. Bu vaziyatda J. Boqiyev ham qarshilik koʻrsatgan va Sh.Kenjayevning yuz qismiga musht tushirgan.

 

Shundan soʻng Sh.Kenjayev viloyat ichki ishlar boʻlimiga murojaat qilgan.

 

“Hozirgi kunda oʻquvchi ham, oʻqituvchi ham shifoxonaga yotqizilgan. Shahrisabz shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, – deyiladi shahar hokimligi xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//