Qashqadaryoda bloger 10 sutkaga qamaldi

Saqlash
14:51 / 26.02.2024 910 0

TikTok va YouTube platformalarida Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilgan Sardor Safarboyev 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudlarining matbuot xizmati xabar berdi.


Qayd qilinishicha, 1998 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz, TikTok va YouTube ijtimoiy tarmog‘ida Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilib kelgan, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan S.Safarboyev jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudining 2024 yil 21 fevraldagi qarori bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 184-3-moddasida (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


23 fevral kuni Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan S.Safarboyevning shikoyati apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilib, birinchi instansiya sudining qarori o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//