Jahon
Bu avtomobil ishqibozi Bruney sultoni Hassanal Bolkiah hisoblanadi. Uning mashinalarining sonini hatto oʻzi ham bilmaydi. Ammo ularning soni 7000 ta chiqishi aytiladi. Afsuski mashinalarning koʻpi atigi bir marta haydalgan va shunchaki chang bosib yotgan boʻlishi ham mumkin. Albatta, bu juda achinarli.
Sultonning bunday antiqa xobbisiga qiziquvchilar uning kolleksiyasida juda koʻp mashinalar borligini aytishadi. Agar Bolkiah har kuni bittadan avtomobil haydagan taqdirda ham kolleksiya tugatishga taxminan 19 yil kerak boʻlarkan. Shuningdek, uning bu avtobazasi 5 mln dollarga baholanadi.
Maʼlumot uchun, avtomobillarni yigʻishda sultonga ukasi ham yordam bergan.
Bu kolleksiyada qanday ulovlar borligini eshitsangiz, aniq aqlingiz shoshadi. Masalan, kolleksiyada 25 xil Ferrari modelidan bor va ularning soni esa 500 ta. Rolls-Royce modelining soni esa 600 ta. Bu kolleksiyada BMW, Mercedes, Porsche, Jaguar, Bentley kabi avtoulov turlaridan yuzlab topiladi. Hatto Formula1 da qatnashgan noyob avtokarni ham shu yerdan topasiz.
Ularga qaraydigan texnik xizmat koʻrsatish xodimlarining soni ham ancha-muncha.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q