O‘zbekistonda 6 ta yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi

Saqlash
22:24 / 23.02.2024 1964 0

O‘zbekistonda 2024-yil yakunigacha 6 ta yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Bu haqda prezidentning “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

 

Farmonda xorijiy investorlar ishtirokida Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro, Namangan va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 2 700 MVt bo‘lgan 6 ta yirik quyosh elektr stansiyalarini 2024-yil yakuniga qadar ishga tushirishni ta’minlash topshirildi.

 

Respublikada “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish uchun qulay sharoitlarni yaratish va “yashil energiya” manbalari salmog‘ini oshirish maqsadida 2024-yil 1-aprelga qadar “yashil energiya” sertifikatlari aylanmasi bozor tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

 

Shuningdek, xalqaro issiqxona gazi savdosi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlanishi lozim.

 

2024-yil 1-apreldan boshlab iqlim o‘zgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi (MRV) va ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//