Jamiyat
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabariga koʻra, 2023-yilning 1-dekabridan test sinovi bosqichida 56 va undan yuqori ball toʻplagan nomzodlarning natijalari 3 oy davomida tizimda saqlanib, boshqa vakant oʻrin uchun tanlovlarda qatnashib, malaka talabiga toʻgʻri kelgan taqdirda, ushbu bosqichdan avtomatik oʻtishi belgilangan. Bu bilan nomzodlarning ortiqcha ovoragarchiligiga chek qoʻyilgan holda test sinoviga keluvchilarning sonini 4 baravarga qisqartirish maqsad qilingan.
Biroq hozirda aksariyat nomzodlar 56 ballni qoʻlga kiritish uchun bir nechta, hattoki 40-50 tagacha lavozimga ariza yuborib, bir kunda 5-10 marotabagacha test sinovida qatnashishmoqda. Bu esa tanlov tizimidagi adolat mezonlarining buzilishiga sabab boʻlmoqda.
ARGOS xabarida yozilishicha, joriy yilning 4 martidan boshlab maxsus vakolatli organ tomonidan tanlov tizimiga oʻzgartirish kiritilib, endilikda nomzodlar vakant oʻrinni egallash uchun bir vaqtning oʻzida 5 tagacha lavozimga ariza yoʻllashlari mumkin boʻladi.
Mazmunan olganda, xabarda “nomzod koʻpi bilan 5 ta joyga ariza yuborishi mumkin” deyilmoqda.
Agar nomzodning vakant lavozimga yoʻllagan arizalaridan biri asosli ravishda tashkilot yoki nomzodning oʻzi tomonidan rad etilgan taqdirda, boshqa vakansiya uchun tanlovga hujjat yuborish imkoniyatiga ega boʻladi.
Yaʼni, har bir yakuniga yetgan tanlovdan soʻng nomzodda boshqa vakansiyaga ariza yuborish imkoniyati saqlanib qoladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Шохида
21:02 / 25.02.2024
Men xam topshiraman