“PUBG akkaunti sotiladi” – 16 yoshli oʻsmir firibgarlik sodir etdi

Saqlash
21:08 / 23.02.2024 1868 0

Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmatining xabar berishicha, Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashovchi 18 yoshli Sh.O. “Telegram” messenjerida nomaʼlum shaxs tomonidan 950 000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

 

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati, Chust tumanida yashovchi 16 yoshli Y.A. sodir etganligi aniqlangan.
 

Ma'lum boʻlishicha, Y.A., Sh.O. bilan “Telegram” messenjerida tanishib, unga “PUBG” onlayn oʻyinining akkauntini sotishini aytgan va oldindan plastik kartasiga 950.000 soʻm miqdoridagi pullarni oʻtkazib olib, kelishilgan akkauntini bermasdan, yozishmalarni oʻchirib yuborgan va uni qora roʻyxatga kiritib qoʻygan.

 

«Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Y.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

 

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//