Siyosat
Maktubda Oʻzbekistonda oʻzbek va turkman xalqlari oʻrtasidagi birodarlik va doʻstlik poydevorini yaratishga ulkan hissa qoʻshgan buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiyning 300 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida qabul qilingan qaror uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik bildirilgan.
Shuningdek, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Oʻzbekistonda Maxtumquli Firogʻiyning 300 yillik yubileyi keng nishonlanishi oʻzbek va turkman xalqlari, shu qatorda, ikki davlat oʻrtasidagi birodarlik rishtalarining buzilmasligi, tarixiy taqdirlari mushtarakligi, yakdilligi va hamisha birga boʻlishga tayyorligining navbatdagi tasdigʻi boʻlishiga ishonch bildirgan.
Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekiston Prezidentiga mustahkam sogʻliq, farovonlik, faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tilaklarini izhor etgan.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95093
Jamiyat
91312
Jamiyat
76010
Jamiyat
//
Izoh yo‘q