Jamiyat
Maʼlumot uchun, “YEVRO — 5” avtomobil chiqindilaridagi zararli moddalar miqdori boʻyicha standartlarni tartibga soluvchi muvofiqlik sertifikati hisoblanadi. Mazkur turga Yevropa ittifoqi davlatlarida 2008-yildan boshlab sotiladigan barcha yuk mashinalari hamda 2009-yil boshlab sotiladigan barcha yengil mashinalar kiradi.
Prezident farmoniga muvofiq, joriy yilning 1-martidan boshlab Toshkent shahrida tigʻiz vaqt oraliqlarida yuk tashish uchun moʻljallangan, ruxsat etilgan toʻla vazni 10 tonnadan yuqori boʻlgan N2, N3, O4 toifaga kiruvchi avtotransport vositalarining harakati taqiqlanadi.
*Bundan maxsus xizmat, shu jumladan, kommunal xoʻjaligi, obodonlashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuk transporti vositalari harakatlanishi mustasno.
Shuningdek, 2030-yilga qadar Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida “YEVRO – 5” va undan yuqori standartlariga muvofiq boʻlmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanadi.
Mazkur bandning toʻliq, sifatli va soʻzsiz bajarilishida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirligi masʼul tomonlar etib belgilandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q