Jamiyat
Bu haqida Prezidentning “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmonida keltirilgan.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 1-martidan boshlab yosh xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn kabi zamonaviy kasblarga oʻrgatish uchun “Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushiriladi. Bundan maqsad – yosh xotin-qizlar uchun turli tanlov, loyihalar, oʻquv oromgohlari, stajirovkalar tashkil etish.
Biznes uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish maqsadida esa “Biznesni qoʻllab-quvvatlash dasturi” doirasida 2024-yil yakuniga qadar 2 million aholini biznesga jalb qilinadi, yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali 5 million aholining bandligini taʼminlanadi.
Shuningdek, 2024-yil 1-martdan boshlab alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, isteʼdodli va iqtidorli yoshlar Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi qarori bilan “Yoshlar balansi” asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlariga biriktiriladi.
Bunda mazkur rahbarlar har oyda kamida bir marotaba oʻzlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga oʻqitish orqali bandligini taʼminlash, hayotda oʻz oʻrnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama koʻmaklashadi.
Shu bilan birga, ushbu sanadan boshlab mahalla, taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamgʻarmasi 600 million soʻm miqdorida xorijiy tillar (“Ibrat farzandlari”) boʻyicha tanlovlar, kibersport musobaqalari va “Zakovat” intellektual oʻyinlari yuqori saviyada tashkil etib boriladi.
Yoshlar oʻrtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan shugʻullanishga qoʻshimcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
1-iyundan boshlab esa “Yosh tadbirkor” tanlovlarini oʻtkazish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Nafisa
20:02 / 23.02.2024
Tadbirkorman 10 ta ishchi oʻrni yaratganman va yana kengaytirmoqchiman