Jamiyat
2024-yilning 15-fevral kuni Buxoro xalqaro aeroportidan Istanbul shahriga uchib ketayotgan O‘zbekiston fuqarosi qadimiy tangani mamlakat hududidan olib chiqishga uringan. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, yo‘lovchining qo‘l yuklari bojxona xodimlari tomonidan xolislar ishtirokida tekshirilganda “40 pora” qiymatdagi qizil metalldan zarb qilingan tanga borligi aniqlanib, ushlab qolingan.
Buxoro viloyat Madaniy meros boshqarmasi badiiy ekspertiza bo‘limi xodimlari tomonidan tanga badiiy ekspertizadan o‘tkazilgan. O‘rganishlar davomida tanga “40 pora” qiymatdagi qizil misdan zarb qilingan Usmoniylar sulolasi sultoni Sulton Abdulmajid I hukmronligi davriga tegishli bo‘lib, 1839-yilda Istanbulda zarb qilingan.
Tanganing old tomonida zarb qilingan sana hamda “Mahmudxon bin Abdulhamid Muzaffarning g‘alabasi sharafli bo‘lsin” yozuvi tushirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi nizomiga ko‘ra tangani Buxoro davlat-muzeyi qo‘riqxonasiga topshirish tavsiya etildi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q