Ertaga ham ayrim hududlarda qor yogʻishi mumkinligi aytildi

Saqlash
23:05 / 22.02.2024 1886 0

Oʻzgidromet 23-fevral ob-havosini prognoz qildi.

 

Maʼlumotga yozilishicha, ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi. Kunning ikkinchi yarmida biroz yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushadi. Harorat kunduzi +2 - +4 daraja iliq, kechasi, kechasi 0 - -2 daraja sovuq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi  -7- -12 daraja sovuq, kunduzi 0 - +5° iliq boʻladi.

 

Toshkent viloyatida esa qor yogʻishi ham mumkin.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat kechasi -3 daraja sovuq +2 daraja iliq, kunduzi +8 - +13 daraja iliq boʻladi.

 

Vodiyda ham yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0 - -5 daraja sovuq, kunduzi +2 - +7 daraja iliq boʻladi.

 

Togʻli hududlarga qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//