Jamiyat
Oʻz joniga qasd qilgan kelinchak 21 yoshda boʻlgan. Uning onasi qizini bunga majburlashganini aytib, adolat talab qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, voqea 2023-yilning dekabr oyida Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanida boʻlib oʻtgan. Ijtimoiy tarmoqlarda 21 yoshli kelinchak oʻzini osib qoʻyganligi haqida xabarlar tarqaladi. Shundan soʻng tergov harakatlari olib boriladi. Dastlabki sud majlisi 2023-yil 26-dekabr kuni boshlangan va unda “marhuma oʻz joniga qasd qilgan” deb xulosa qilingan.
Biroq kelinchakning onasi bunga ishonmaydi. U adolat istab, ishning qayta ochilishini talab qiladi. Qizining oʻlimida quda tomonining aybi borligini, ularning qilgan xatti-harakatlari qizini shu ishni qilishga majbur qilganini daʼvo qiladi.
Sud ekspertizasi natijalari ham marhumaning olgan tan jarohatlari oʻz joniga qasd qilishidan oldin boʻlganligini tasdiqlagan.
Shu bilan yopilgan jinoiy ish qayta ochildi. Natijada, joriy yilning 20-fevral kuni mazkur sud ishi JIB Oltinkoʻl tuman sudi ochiq sud majlisida koʻrib chiqildi.
Sud hukmiga koʻra, O.N. (marhumaning turmush oʻrtogʻi) JKning 109-moddasi 2-qismi va 103-moddasi 2-qismi ”a” bandi bilan aybli deb topildi.
O.N.ga uzil-kesil 9 (toʻqqiz) yil 3 (uch) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q