Jamiyat
«O‘zgidromet» agentligi 23–29 fevral kunlari O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.
Kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli ko‘chki respublikaning tog‘li, jumladan, quyidagi hududlarida kuzatiladi:
Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlari;
Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlari;
Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlari;
Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlari;
Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
Namangan viloyati: Pop tumani.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95093
Jamiyat
91312
Jamiyat
76010
Jamiyat
//
Izoh yo‘q