O'zbekistonda yanvar oyida qariyb 7 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

Saqlash
16:44 / 22.02.2024 907 0

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra 2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonda qariyb 6,7 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining xabariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,5 %ga oshgan.

 

2024-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 34 629 tani tashkil etgan.

 

Qurilish korxonalarining 7 408 tasi Toshkent shahrida joylashgan. Bu koʻrsatkich respublikaning 21,4 % ni tashkil etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//