“Eng namunali mahalla raisi” tanlovi oʻtkaziladi

Saqlash
21:56 / 21.02.2024 1196 0

Joriy yildan boshlab oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tanlov ilk marotaba fuqarolar yigʻinlari raislari oʻrtasida oʻtkaziladi.

 

Bu haqda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi rais oʻrinbosari Abdulla Aslanov maʼlum qildi.

 

Rasmiyning soʻzlariga koʻra, tanlovning 1-bosqichi sektor miqyosida boʻlib oʻtadi va uni oʻtkazish joriy yilning 19-25-fevral kunlariga belgilangan.

 

Tanlovning 2-bosqichi tuman/shaharlararo boʻlib, 26-29-fevral kunlari oʻtkaziladi.

 

3-bosqich esa Respublikasi miqyosida boʻlib, tanlovning yakuniy bosqichi hisoblanadi va 1-10-mart kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Tanlov gʻoliblari “22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni” arafasida eʼlon qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//