Xiva xonligi va Buxoro amirligi davriga oid tangalarni 5000 dollarga sotmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

Saqlash
16:50 / 21.02.2024 970 0

Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, Urganch tumanida yashovchi, 1963-yilda tug‘ilgan Q.B. joriy yilning 13-fevral kuni "Xiva xonligi" davriga oid 2 dona, "Buxoro amirligi" davriga oid 1 dona tangalarni tanishiga qonunga xilof ravishda sotayotgan paytida tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan qo'lga olingan.

 

Shundan keyin gumondorning uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida qadimiy eksponatlarni saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//