Yiliga ikkitadan ortiq avtomobil sotganlik uchun soliq joriy etilishi mumkin

Saqlash
16:04 / 21.02.2024 955 0

Olibsotarlarning yashirin daromadlarini soliqqa tortishga qaratilgan ushbu tartib bozorda mashinalar narxining oʻsib ketmasligi hamda mashina uchun qoʻyiladigan navbatlarning kamayishini taʼminlaydi.

 

Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekistonda yil davomida ikkitadan ortiq avtomobil sotgan jismoniy shaxslarni deklaratsiyalash tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. 13-fevral kuni Prezidentga taqdim etilgan Strategik islohotlar agentligi taqdimotida shu haqida soʻz borgan.

 

Deklaratsiyalash tizimini joriy etishdan maqsad esa chayqovchilikning oldini olishga va byudjetga qoʻshimcha 30 milliard soʻm tushirishdir.

 

Qayd etilishicha, 2022-yilda 33 mingga yaqin fuqaro 3 va undan ortiq avtomobil xarid qilgan. 

 

Maʼlumot uchun, UzAuto Motors olibsotarlarga qarshi kurashish maqsadida agar bir kishi yiliga bir xil modeldagi ikkitadan ortiq avtomobil sotib olgan boʻlsa, avtomobilni xaridorga yetkazib berish muddatini 120 kungacha oshirishini maʼlum qilgan edi. Bunda ikkinchi bir xil mashina navbatning oxiriga koʻchirilishi belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//