Jamiyat
Samarqandning Paxtachi tumanida 1,3 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. “X.Q.” MCHJ rahbari R.X. korxonaning “Qirguli” mahallasidagi 1,5 gektar yer maydonida issiqxona tashkil etib, ushbu issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 1,3 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111843
Jamiyat
94677
Jamiyat
90672
Jamiyat
75342
Jamiyat
//
Izoh yo‘q