Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga boradi

Saqlash
14:23 / 21.02.2024 929 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 21-fevral kuni “Kelajak Oʻyinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida boʻladi.

 

Tashrif dasturida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi koʻzda tutilgan. Unda 2023-yil 5-7-oktyabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrif yakunida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish hamda keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

 

Maʼlumot uchun, Rossiya Federatsiyasida ilk bor tashkil etilayotgan va 21-fevral – 3-mart kunlari boʻlib oʻtadigan “Kelajak Oʻyinlari” sportning anʼanaviy turlari, ilmiy ishlanmalar va raqamli texnologiyalarni oʻzida mujassam etgan musobaqadir.

 

Ushbu yirik sport tadbirida 107 ta mamlakatdan 227 ta jamoa, shu jumladan, Oʻzbekiston sportchilari ham ishtirok etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//