Tazyiqqa uchragan ayollar reyestri tuziladi

Saqlash
22:12 / 20.02.2024 1151 0

Prezident rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda voyaga yetmagan qizlarni unashtirish va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh bilan bogʻliq kelajak avlod salomatligiga salbiy taʼsir qilayotgan holatlarning oldini olish, buning oqibatlarini tushuntirish borasida ishlar lozim darajada olib borilmayotgani qayd etildi.

 

Keyingi yillarda mamlakatimizda oila va xotin-qizlar huquqlarining kafolatlari, ayollarni zoʻravonlik va tazyiqdan himoya qilish tizimi ancha kuchaytirilgan boʻlsa-da, bunday holatlar hali ham uchrab turibdi.

 

Yigʻilishda zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar reabilitatsiya bilan yetarlicha qamrab olinmagani tanqid qilindi.

 

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda bir qator chora-tadbirlar bajarilishi belgilandi. Jumladan, ayollar va bolalarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoyalash boʻyicha mahalla darajasida alohida tizim yaratiladi.

 

Tazyiqqa uchragan ayollar reyestri tuzilib, ularga mahallada tezkor kompleks xizmat koʻrsatish tizimi joriy qilinadi.

 

Har bir tuman shifoxonasida zoʻravonlikka uchraganlarga tibbiy va ruhiy yordam koʻrsatish uchun tun-u kun ishlaydigan xonalar tashkil etiladi.

 

Shuningdek, qiyin vaziyatdagi yosh onalarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Onalar maskani” xizmati yoʻlga qoʻyiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//