Jamiyat
Oʻzbekistonda naqd puldan foydalanishni qisqartirish va bir qator tovarlar ulgurji savdosini naqdsiz shaklga oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Shu maqsadda, 1-apreldan boshlab quyidagi tashkilotlarni elektron toʻlov tizimlariga majburiy tartibda ulash orqali naqdsiz toʻlov tizimiga oʻtkazish taklif etilmoqda:
➖aholiga xizmat koʻrsatuvchi byudjet tashkilotlari;
➖neft va gaz mahsulotlari realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar;
➖mulkni ijaraga berish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar;
➖uy-joylarni jismoniy shaxslarga sotuvchi qurilish tashkilotlari(Xonadonlar uchun toʻlovlarni naqdsiz shaklda elektron hisob-faktura orqali amalga oshirish rejalashtirilmoqda).
Bundan tashqari, Oʻzbekistonda chakana va ulgurji savdoning yangi qoidalari ham tasdiqlanishi mumkin.
1-apreldan boshlab naqd pulga sotib olingan tovarlarni Soliq qoʻmitasining E-Ombor (E-Aktiv) tizimi orqali kirim qilishni joriy etish taklif etilmoqda.
Shu bilan birga, naqd pulda toʻlovlarni amalga oshirishda 100 million soʻmli (BHMning 300 baravari) chegaraviy miqdor belgilanishi ham mumkin.
Bundan tashqari, qurilish uchun yogʻoch, metall (tunuka, armatura, alyumin profillar), avtomobil shinalari va shakar ulgurji savdosini naqdsiz shaklga oʻtkazish rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q