Nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin boʻlgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalanmayapti – Prezident

Saqlash
17:02 / 20.02.2024 919 0

Videoselektor yigʻilishida Prezident umumiy yondashuv oʻzini oqlamagani, har bir oila va inson taqdiriga alohida professional yondashish lozimligini qayd etib, ustuvor yoʻnalishlarni belgilab berdi.

 

Jumladan, ijtimoiy xizmat va yordamni mahalla darajasida manzilli, shaffof va adolatli tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

 

Albatta, doimiy daromadga ega oilalar ehtiyojmand toifasidan chiqarilgani kam taʼminlangan oilalarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqish, tizimni shaffof qilish natijasidir.

 

Raqamlashtirish joriy etilgandan soʻng esa oʻrnidan tura olmaydigan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz 2 ming kishiga yordam koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.

 

Ammo garchi ijtimoiy himoya tizimi bilan 250 ta xizmat qamrab olingan boʻlsa-da, mahalladagi aholi ularning yarmidan ham bexabarligicha qolmoqda.

 

Masalan, nogironligi bor farzandini parvarishlash nafaqasini olishi mumkin boʻlgan 33 ming ota-ona ushbu imtiyozdan foydalanmayapti. Yigʻilishda mana shu jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//