Toshkentda elektrobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Saqlash
22:45 / 19.02.2024 1132 0

Toshkent shahar Sergeli tumanida  elektrobus yo‘l chetini ajratib turuvchi panjaraga  borib urildi. “Toshshahartransxizmat” holat yuzasidan izoh berdi

 

Maʼlum qilinishicha, 19-fevral kuni soat 12:30 larda 12-avtobus saroyi filiali tasarrufidagi Yutong rusumli, 40-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi Q.Q. (staji 33 yil) boshqaruvidagi elektrobus Yangi Sergeli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtda, dastlabki maʼlumotga ko‘ra, qon bosimining oshgani sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetini ajratib turuvchi panjaraga  borib urilgan.  

 

Mazkur yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yutong rusumli elektrobus texnik shikastlangan. Avtobus haydovchisi  shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot taqdim etiladi. Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//