Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga soxta maʼlumotlar kiritilib bolalar soni sunʼiy ravishda oshirilgan

Saqlash
21:18 / 19.02.2024 1175 0

AOKAda tashkil etilgan brifingda Maktabgacha taʼlim agentligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxoʻjayevaning maʼlum qilishicha, respublikadagi 42 ta tuman va shaharda bolalarni qamrab olish koʻrsatkichi 4 foizga kamaygani aniqlangan.

 

Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida tegishli chora koʻrilgan va natijada qamrov darajasi pasaygan hududlar 61 tadan, 42 taga kamaytirildi.

 

Qayd etilishicha, aksariyat hududlarda oʻtgan 2023-yil davomida yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etilib, respublika boʻyicha 74 foizga qamrov koʻrsatgichi ortganiga qaramasdan, 6-7 yoshli bolalar maktabga chiqib ketgandan soʻng ularning oʻrnini toʻldirish, yaratilgan yangi quvvatlarga bolalarni qabul qilish, mavjud boʻsh oʻrinlardan samarali foydalanishda maqsadli ishlar amalga oshirilmagan.

 

Xususan, bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish Qoraqalpogʻiston Respublikasining 9 ta tumanida 4 ming 213 nafarga, Andijon viloyatining 4 ta tumanida 2 ming 761 nafarga, Jizzax viloyatining 7 ta tumanida 1 ming 478 nafarga, Navoiy viloyatining 1 ta tumanida 42 nafarga, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida 2,6 foizga, Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 2,4 foizga, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida 0,3 foizga, Fargʻona viloyatining 11 ta tumanida 10 ming 427 nafarga, Xorazm viloyatining 4 ta tumanida 1 ming 269 nafarga, Toshkent shahrining 3 ta tumanida 521 nafarga pasaygan.

 

Shuningdek, koʻrsatkichlarning pasayib ketish sabablari oʻrganildi. Unda aniqlanishicha, hududiy boshqarmalar va ularning tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga soxta maʼlumotlar kiritilib, bolalar sonini sunʼiy ravishda oshirish holatlari kuzatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//