Jamiyat
“Sariosiyo” temiryo‘l chegara bojxona postida qiymati 10 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy sigaretlar to‘xtatib qolingan. Bu haqda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bojxona postiga qo‘shni davlatdan Tojikistonga o‘tish uchun O‘zbekistonga kirib kelgan temiryo‘l poyezdi tarkibidagi vagonlardan biri bojxona postida mavjud bo‘lgan temiryo‘l vagonlarini skaner qilishga mo‘ljallangan inspeksion ko‘rik majmuasidan o‘tkazilgan. Rentgen tasvirlarida vagon ichida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan tovarlar borligi maʼlum bo‘lgan.
Ushbu vagon bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda “Changyutgich”, “Kir yuvish mashinasi” va “Quruq sut” kabi tovarlar orasida hujjatlarida ko‘rsatilmagan, aksiz markalari mavjud bo‘lmagan va bojxona nazoratidan yashirilgan umumiy qiymati 10 milliard 50 million so‘mlik 402 ming quti Esse Change nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q