Jamiyat
Oʻzbekistondagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Respublika hududlarida havo haroratining pasayishi natijasida magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi holatlari kuzatilyapti. Shuni inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida respublikadagi barcha avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur cheklovlarni hisobga olgan holda respublikadagi barcha benzin zapravkalarga avtobenzin mahsulotlarini qoʻshimcha miqdorlarda yetkazib berilishi taʼminlanadi.
Vazirlik isteʼmolchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan holda, vaziyat barqarorlashgunga qadar imkon qadar tejamkorlikka rioya qilishlarini soʻramoqda. Gaz zapravkalar faoliyatida oʻzgarishlar kuzatilsa, qoʻshimcha maʼlumotlar beriladi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
110004
Jamiyat
94296
Jamiyat
90154
Jamiyat
73443
Jamiyat
//
Izoh yo‘q