Piyoz narxi oshishi haqida tarqatilgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi – Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Saqlash
22:41 / 15.02.2024 1964 0

Vazirlik hali havo sovimay turib, ayrim tahlilchi-blogerlar hamda ijtimoiy tarmoq faollari sovuq toʻlqin sabab piyoz narxining koʻtarilishi haqida asoslanmagan xabar tarqatishayotganiga munosabat bildirdi.

 

Xabarda aytilishicha, piyozning 2023-yil hosilidan aholi isteʼmoli uchun yetarlicha zaxira tayyorlangan va ular omborlarda moʻtadil havo haroratida saqlanmoqda. Buning isbotini esa bozorlarimizda anchadan buyon 1 kg piyoz (hududlardan kelib chiqqan holda) 2500 soʻmdan – 3500 soʻmgacha boʻlgan turgʻun narxlarda sotilayotganidan ham bilish mumkin.

 

2024-yil hosili uchun toʻqsonbosti usulida tayyorlanayotgan piyoz va sarimsoqpiyozlarga esa bu sovuq deyarli taʼsir koʻrsatmaydi.

 

“Piyoz narxi oshishi haqida tarqatilgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

 

Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va ijtimoiy tarmoqlar faollarini tarqatilayotgan axborotning ishonchliligini tekshirish va xolis axborot taqdim etishga chorlab qoladi!” – deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//