Jamiyat
Voqea joriy yilning 14-fevral kuni Fargʻona shahar "Joʻydam" MFYda boʻlib oʻtgan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro Sh.O.(ayol) mahallada joylashgan ekin yer maydoni chetidagi terak daraxtlarni kestirayotgan vaqtida, ushbu yerning sobiq egasi fuqaro E.U. daraxtlar unga tegishli ekanligi xususida janjallashib ketishgan.
Janjal davomida E.U. Sh.O.ning bosh qismiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Koʻrsatilgan birinchi tez-tibbiy yordamga qaramasdan Sh.O. shifoxonada vafot etgan.
Tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasida Sh.O.ning oʻlimiga bosh qismidan olgan ogʻir tan jarohatlari sabab boʻlganligi koʻrsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan E. U. ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94515
Jamiyat
90458
Jamiyat
74534
Jamiyat
//
Izoh yo‘q