Jamiyat
Bu ulkan majmua iqtisodiy kontrastning yorqin misoli. 2016-yilgacha bu yer tashlandiq joy boʻlgan. Keyinchalik bu yerda bosqichma-bosqich yangi binolar qurilib, 2022-yil avgustda ishga tushirildi. Bugungi kunda 83 million dollarlik loyiha evaziga xomashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan toʻliq “zanjir” tashkil etilgan.
Korxonaga Shveysariya, Italiya, Turkiya, Germaniya, Yaponiyadan uskunalar keltirib oʻrnatilgan. U yiliga 11 ming tonna ip-kalava, 8 ming tonna momiq va trikotaj mato, 12 ming tonna ip va matoni boʻyash, 6 ming tonna tayyor trikotaj va sochiq ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda 3 ming 200 kishi ishlaydi.
Korxonada xorijiy hamkorlar talabiga asosan sifat nazorati, kasb oʻrgatish markazi tashkil etilgan. Boʻyoq sexidan chiqqan suvni tozalash inshooti ham ishga tushirilgan.
Umuman, klaster tomonidan 102 million dollarlik loyihalar amalga oshirilib, yillik 50 million dollarlik eksport quvvati yaratilgan. Bundan 7 yil oldingi holat bilan solishtirganda daromad, iqtisodiy manfaatdorlikdagi farq yer bilan osmoncha.
Kelgusi yillarda klaster tomonidan Ulugʻnor tumanida 70 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash zavodi, tikuv-trikotaj va paypoq ishlab chiqarish korxonasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Ularda yana 1 ming 600 dan ziyod ish oʻrni ochiladi.
Shu yerda Andijon viloyati misolida paxta-toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi boʻyicha axborot berildi.
Davlatimiz rahbari klaster bilan fermerlar oʻrtasidagi munosabatlarda manfaatdorlikni oshirish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi.
Shuningdek, korxonada ishlayotgan tikuvchi ayollar bilan suhbatlashdi. Ularning ayrimlari oʻz tumanida yuqori maoshli ish paydo boʻlgani uchun mehnat muhojirligidan qaytib kelgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q