Jamiyat
Xabaringiz bor, Oʻzgidromet 16–18-fevral kunlari mamlakat boʻylab havo haroratining keskin pasayishi va joylarda harorat kunduzi 3–8 daraja, kechasi 11–16 darajagacha sovuq boʻlishi mumkinligi haqida prognoz qildi.
Shu munosabat bilan “Hududgaztaʼminot” AJ birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan taʼminlash choralari koʻrilishini maʼlum qildi.
Shu bilan birga, “Hududgaztaʼminot” AJ havo harorati pasaygan davrda isteʼmolchilarga tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini koʻrish, isitish moslamalari va ovqat tayyorlash jarayonida gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, ventilyatsiya tizimiga alohida eʼtibor berish zarurligi, shuningdek, is gazidan zaharlanish xavfini oldini olish uchun nostandart isitish uskunalari va qoʻlbola yondirgichlardan foydalanmaslikni eslatib oʻtadi.
Xabarda gaz quyish shaxobchalarining ish jadvaliga oʻzgartirish kiritilishi mumkinligi ham aytilgan.
“Sovuq kunlarda gaz isteʼmolining ortishi munosabati bilan, AGTKSHlarda navbatlar va noqulayliklar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida “Hududgaztaʼminot” AJ haydovchilardan oʻz avtomobillarini yonilgʻi bilan taʼminlab olishlarini soʻraydi. Ayni vaqtda mamlakatdagi barcha AGTKSHlar 24 soatlik rejimda faoliyat yuritmoqda, biroq yaqin orada mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda ularning ish grafigiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q