Jamiyat
2024-yil 12-fevralda imzolangan PQ-68-sonli Prezident qaroriga koʻra, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2024-yil mart-aprel oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.
Shuningdek, harbiy xizmatga yaroqli(shu jumladan, cheklovlar bilan yaroqli boʻlgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan), biroq ushbu chaqiruv davrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinadi.
Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilar 2024-yilning mart-aprel oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga boʻshatiladi.
Qarorda mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan botir, qoʻrqmas, jasur yigitlarni oʻrganish va ularning orasidan eng yaxshilarini muddatli harbiy xizmatga tavsiya etish ishlari tashkil etilishi ham belgilangan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
110004
Jamiyat
94296
Jamiyat
90154
Jamiyat
73443
Jamiyat
//
Izoh yo‘q